Daryo

Xitoy kompaniyasi chiqindi suvni tozalaydigan inshoot quradi

Loyiha davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladi. Xitoylik hamkorlar 15 yil davomida inshootni boshqaradi hamda texnik xizmat ko‘rsatishni o‘z zimmasiga oladi.

1 daqiqa o‘qish2 393 ko‘rishlar0 izoh1

O‘zbekistonda Xitoyning Qingyan Environmental Technology kompaniyasi tomonidan sutkasiga 40 ming kub metr chiqindi suvni tozalash quvvatiga ega zamonaviy inshoot qurilishi rejalashtirilgan.

Loyiha doirasida havoni tozalash uskunalari o‘rnatiladi, to‘rtta texnologik zanjir ketma-ket ulanib, yirik sanoat zonalari va bo‘yoqxonalardan chiqadigan suvlarni qayta ishlash imkonini beradi.

Inshoot Yevropa standartlariga to‘liq mos bo‘lib, chiqindi suvning 60 foizi qayta foydalanishga yo‘naltiriladi. Tozalash jarayonida hosil bo‘ladigan shlam quritilib, elektr energiyasi ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.

Loyiha davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladi. Xitoylik hamkorlar 15 yil davomida inshootni boshqaradi hamda texnik xizmat ko‘rsatishni o‘z zimmasiga oladi.

Bir kub metr suvni tozalash xarajati 1–1,2 dollar atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Qurilish 8 oy ichida yakunlanadi.

Bundan avval Andijon viloyati Buloqboshi tumanida O‘zbekiston—Xitoy qo‘shma korxonasi tomonidan umumiy qiymati 350 million AQSH dollari bo‘lgan yangi sanoat va qurilish loyihasi boshlangani haqida xabar berilgandi. Loyiha doirasida polipropilen qoplar, shifer, gazoblok, tayyor beton hamda yo‘lak plitkalari ishlab chiqarish korxonalari barpo etilishi, shuningdek, logistika markazi va “Buloqboshi city” qurilish loyihalari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Xitoy kompaniyasi tomonidan Farg‘onada loyiha qiymati 141 mln dollarlik chiqindi yoqish zavodi qurilishi boshlangani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar