Daryo

Rossiya armiyasi tarkibida qariyb 1,5 ming afrikalik bor — Ukraina TIV

Ukraina tashqi ishlar vaziri rus qo‘shinlari tarkibida 36 ta Afrika davlati vakillari urushda qatnashayotganini ma’lum qildi.

1 daqiqa o‘qish2 389 ko‘rishlar0 izoh0

Hozirgi kunda kamida 1 436 kishi 36 ta Afrika davlatidan Rossiya armiyasi tarkibida Ukrainaga qarshi jang qilmoqda. Bu haqda Ukraina Tashqi ishlar vaziri Andrey Sibixa ma’lum qildi.

Vazirga ko‘ra, bu faqatgina aniqlangan shaxslar bo‘lib, haqiqiy statistika bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin.

“Rossiya Afrika davlatlari fuqarolarini turli usullar bilan harbiy xizmatga yollamoqda. Ba’zilarga pul taklif qilinadi, boshqalari aldash yo‘li bilan ishga jalb qilinadi. Ular nima uchun ro‘yxatdan o‘tayotganini tushunmaydi. Boshqalar esa majburlash orqali shartnoma tuzadi. Shartnoma imzolash deyarli o‘lim hukmi bilan teng”, degan Sibixa.

Vazirning aytishicha, Rossiya armiyasidagi xorijliklarning taqdiri juda og‘ir: ularning ko‘pchiligi darhol “go‘sht hujumlari” deb ataladigan halokatli janglarga yuboriladi va tezda halok bo‘ladi. Ruslar esa buni yaxshi biladi va ularni ikkinchi darajali deb hisoblaydi. Ko‘pchilik yollanma askarlar bir oydan ko‘p yashamaydi.

Sibixa xorijliklarga ikki yo‘l borligini aytmoqda: yo harbiy xizmatga chaqirilishdan qochish, yo frontda bo‘lsa, dezertir bo‘lish va taslim bo‘lish imkoniyatini izlash.

“Ukraina qo‘lga tushgan yollanma askarlarga hayot berib, ularga o‘z vataniga qaytishga imkon beradi. Men barcha Afrika davlatlariga murojaat qilmoqchiman: fuqarolaringizni Rossiya armiyasiga qo‘shilmasliklari uchun ogohlantiring. Rossiya tomonidan Ukrainaga qarshi olib borilayotgan agressiyada kurashish noqonuniy va BMT Nizomi hamda xalqaro qonunlarni buzadi”, degan vazir.

Uning ta’kidlashicha, Rossiya faqat Afrika davlatlaridan emas, balki boshqa mamlakat fuqarolarini ham yollamoqda. Vazirlik yaqin orada qaysi mintaqalar va davlatlardan Rossiya armiyasi xorijliklarni jalb qilayotgani haqida batafsil ma’lumot berishini bildirgan.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar