Daryo

O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha yana ikki davlat bilan muzokaralarni yakunladi

JST bo‘yicha maxsus vakil Azizbek Urunov yana uchta davlat bilan kelishuvga erishish qolganini bildirdi.

1 daqiqa o‘qish3 069 ko‘rishlar0 izoh9

O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha yana ikki mamlakat — Kanada va Panama bilan muzokaralarni yakunladi. Bu haqda prezidentning JST bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunov ma’lum qildi.

“O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruhning 11-yig‘ilishida O‘zbekiston Kanada va Panama bilan tashkilotga kirish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlovchi protokollarni muvaffaqiyatli imzoladi”, deb yozdi u LinkedIn’da.

Foto: Azizbek Urunov / LinkedIn

Uning izohda ma’lum qilishicha, ushbu tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘lish uchun yana uchta mamlakat bilan kelishuvga erishish qoldi.

19-sentyabrda O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish yo‘lida uchta davlat — Argentina, Avstraliya va Gonduras bilan ikki tomonlama protokollarni imzolagandi.

Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlish harakatlari 

Bu 1994-yildan boshlangan. 1998-yilda jarayonni amalga oshirish boʻyicha maxsus ishchi guruh tuzilgan. Lekin nomaʼlum sabablarga koʻra aʼzolik ishlari sust kechgan. 2005-yil oʻrtalariga kelib, xalqaro ekspertlar bilan uchrashuvlar toʻxtab qolgan. 2020-yil iyul oyida jarayon yana jonlanib, ishchi guruhning toʻrtinchi yigʻilishi oʻtkazilgan. Keyin 2022-yil iyun, 2023-yil mart va 2023-yil noyabr oylarida uchrashuvlar boʻlib oʻtgan.

O‘zbekiston 2026-yilgacha Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lmoqchi. Davlat rahbarining alohida nazorati asosida 2023-yildan boshlab ushbu tashkilotga aʼzo bo‘lish choralari ko‘rilmoqda. 2025-yil may oyida o‘tkazgan yig‘ilishda O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lish jarayonini jadallashtirish bo‘yicha topshiriq bergandi. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a’zo bo‘lishi chuqur o‘ylangan va uzoqni ko‘zlagan tanlov ekanligini ta’kidlagandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar