Daryo

“Ukraina kelajagi Yevropa Ittifoqi qo‘lida” — Zelenskiy

Ukraina prezidenti ittifoqqa qo‘shilish yo‘lida barcha choralar ko‘rilayotganini aytib, mamlakat 2030-yilgacha alyansga a’zo bo‘lishini bildirdi.

1 daqiqa o‘qish1 798 ko‘rishlar0 izoh0

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatining kelajagi Yevropa Ittifoqi (YI)qo‘lida ekanini aytdi. U bu haqda Euronews nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Zelenskiy intervyu davomida YIga qo‘shilish istagini yana bir bor tasdiqlagan. Unga 2030-yilgacha Ukraina Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish ehtimoli haqida savol berilganda, u bu hozircha “ilmiy fantastikaga o‘xshash” tuyulishini bildirgan. Ammo u Ukraina bu sanadan avvalroq Ittifoqqa qo‘shilishiga ishonishini ta’kidlagan. Prezident bu jarayon adolatli bo‘lishi kerakligini aytgan.

“Barchasi halol tarzda, Ukraina o‘zini himoya qilayotgan va urush tugagan paytda bo‘lishini istayman”, degan u.

Zelenskiyning mazkur bayonoti YIning yillik kengayish hisoboti davriga to‘g‘ri kelgan. Hisobotda Ukraina a’zo bo‘lish yo‘lida katta qat’iyat ko‘rsatgani e’tirof etilgan. Biroq korrupsiyaga qarshi kurashda hali hal qilinishi kerak bo‘lgan muammolar borligi qayd etilgan.

Zelenskiy mamlakat YI a’zoligiga tayyorgarlik uchun barcha choralarni ko‘rayotgani, jumladan, korrupsiyaga qarshi tizimni kuchaytirayotganini ta’kidlagan. Hozircha Yevropa komissiyasi fikricha, Ukraina YI bilan muzokaralarni boshlash uchun zarur bo‘lgan oltita yo‘nalishdan uchtasida talablarni bajargan.

Zelenskiy intervyu davomida YIning Rossiyaga qarshi joriy etgan so‘nggi sanksiyalar paketini olqishlagan. Unga ko‘ra, bu sanksiyalar Rossiya iqtisodiyotiga bosimni kuchaytirib, urush byudjetini qisqartirishga yordam beradi.

“Yevropa yetakchilarining yordamisiz bizga juda qiyin bo‘lardi. Ular gaz importi va energiya tizimini tiklash uchun jihozlar yetkazishda ham yordam bermoqda”, degan Zelenskiy.

Ukrainaning energiya infratuzilmasi hozirda Rossiya dron va raketa hujumlaridan jiddiy zarar ko‘rmoqda. Mamlakat Ukraina—Rossiya urushining to‘rtinchi qishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar