Daryo

Oʻzbekistonda bepul davolanadigan kamyob kasalliklar roʻyxati 10 taga yetkaziladi

Shunday kasalliklarga chalingan bolalarni dorilar, maxsus ovqat va kerakli tibbiy jihozlar bilan taʼminlash darajasi 99 foizga oshiriladi.

1 daqiqa o‘qish2 757 ko‘rishlar0 izoh0

Prezidentning 2026–2030-yillarda kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam koʻrsatishga qaratilgan qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, davlat byudjetidan bepul davolanadigan orfan va boshqa irsiy-genetik kasalliklar turini 5 tadan 10 taga yetkaziladi, shuningdek, ularga chalingan bolalarni dorilar, maxsus ovqat va kerakli tibbiy jihozlar bilan taʼminlash darajasini 95 foizdan 99 foizgacha oshiriladi.

2026-yil 1-yanvardan shunday xastaliklarga chalingan 18 yoshdan 21 yoshgacha boʻlgan bemorlar bepul tibbiy kuzatuvda boʻladi va davolanish ishlari davom ettiriladi.

Avvalroq 5 turdagi kamyob kasalliklarga chalingan jami 2 174 nafar bola byudjetdan taʼminlanayotgani, shuningdek, shu yoʻnalishga 2026—2030-yillarda jami 961 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirish koʻzda tutilgani xabar qilingandi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar