Daryo

O‘zbekistonliklar 9 oyda quyosh panellari orqali 153 mlrd so‘mdan ziyod subsidiya oldi

Subsidiyaning eng katta qismi Xorazm, Qoraqalpog‘iston va Buxoro hisobiga to‘g‘ri kelgan.

1 daqiqa o‘qish2 896 ko‘rishlar0 izoh1

Quyosh panellari oʻrnatgan 35 mingdan ortiq oʻzbekistonlikka 9 oyda qancha subsidiya berilgani maʼlum qilindi. Bu haqda Soliq qoʻmitasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, 2025-yilning yanvar—sentyabr oylarida 35 284 nafar jismoniy shaxs elektr tarmoqlariga oʻtkazilgan quyosh energiyasi uchun 153 milliard 643 million soʻm davlat byudjetidan subsidiya olgan.

Ajratilgan pullarning eng katta qismi 42,6 milliard soʻm Xorazm viloyatiga toʻgʻri kelgan. Undan keyingi oʻrinlarni 22,4 milliard soʻm bilan Qoraqalpogʻiston va 15,3 milliard soʻmlik energiyani davlatga sotgan Buxoro viloyatida yashovchilar egalladi.

Joriy yilning ilk 6 oyidagi 28 538 nafar jismoniy shaxs quyosh energiyasini sotish orqali 63 milliard 498 million so‘m miqdorida subsidiya mablag‘larini olgandi.

Quyosh panellari orqali oʻtkazilgan energiya uchun pullarni “Soliq” mobil ilovasining “Keshbek va imtiyozlar” xizmati, “Quyoshli xonadon” boʻlimidan bank kartasiga oʻtkazib olish mumkin. Bunda jismoniy shaxslarga ishlab chiqarilgan energiyaning har bir kilovatt soati uchun 1000 soʻmdan ajratilishi belgilangan.

Avvalroq Samarqandda tadbirkorlarga ajratilgan 1,8 milliard soʻm subsidiya oʻzlashtirib yuborilgani ochiqlangandi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar