Daryo

Samarqandda tadbirkorlarga ajratilgan 1,8 mlrd soʻm subsidiya oʻzlashtirib yuborilgani ochiqlandi

Bunda 7 ta tumandagi kasanachilarga asbob-uskunalar yetkazib berilmagan. Shuningdek, ayrim holatlarda tegishli qaror talablari buzilgan va ijtimoiy shartnoma shartlari bajarilmagan.

1 daqiqa o‘qish1 401 ko‘rishlar0 izoh0

Samarqandda tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan subsidiya mablagʻlarining bir qismi oʻzlashtirib yuborilgani maʼlum boʻldi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, 2023-2024-yillar davomida tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan jami 7,9 milliard soʻm miqdorida subsidiya mablagʻlardan 1,8 milliard soʻmlik qismi oʻzlashtirib yuborilgan.

Bunda Ishtixon tumanida 423,7 million soʻmlik, Kattaqoʻrgʻon shahrida 547,3 million soʻmlik, Narpay tumanida 263,7 million soʻmlik, Nurobod tumanida 300,1 million soʻmlik, Oqdaryo tumanida 106,2 million soʻmlik, Payariq tumanida 102,8 million soʻmlik, Urgut tumanida 85,5 million soʻmlik subsidiya mablagʻlari uchun kasanachilarga asbob-uskunalar yetkazib berilmagan.

Shu bilan birga, soliq organlariga topshirilgan hisobotlar asosida subsidiya mablagʻlari ajratilgan roʻyxatdagi kasanachilarning ish haqlari hisoblanishi oʻrganilganda Vazirlar mahkamasining tegishli qarori talablari buzilgani va ijtimoiy shartnoma shartlari bajarilmagani aniqlandi.

Qaror talabi boʻyicha Kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligiga koʻmaklashish boʻlimi hamda hokim yordamchilari tomonidan subsidiyalar maqsadli sarflanishini nazorat qilib borish ishlarida ham masʼuliyatsizlik va qoʻpol xatolarga yoʻl qoʻyilgan.

Toʻplangan materiallar asosida Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar