Daryo

“O‘zgidromet” 2-noyabrda qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

Yakshanba kuni mamlakat bo‘ylab yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

1 daqiqa o‘qish2 761 ko‘rishlar0 izoh17

“O‘zgidromet” 2-noyabr uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. 

Toshkent shahri

Havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o’zgaruvchan bo’ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-8 daraja, kunduzi 18-20 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm viloyati

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekund gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekund gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 4-9 daraja, kunduzi 17-22 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 15-20 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi.

Harorat kechasi 4-9 daraja, kunduzi 15-20 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlari

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja bo‘ladi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar