Daryo

Mbappe: “Ronaldu — mening kumirim hamda klub tarixidagi eng buyuk futbolchi”

Fransiyalik hujumchi Ispaniya chempionatining 17-turidan o‘rin olgan “Sevilya”ga qarshi uchrashuvda gol urdi va 2013-yilda Ronaldu tomonidan o‘rnatilgan rekordni takrorladi.

1 daqiqa o‘qish6 250 ko‘rishlar0 izoh2

Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniya chempionatining 17-turidan o‘rin olgan “Sevilya”ga qarshi uchrashuvda (2:0) gol urdi va 2013-yilda Ronaldu tomonidan o‘rnatilgan rekordini (bir kalendar yil ichida kiritilgan gollar, 59 ta gol) takrorladi.

Futbolchi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida ushbu yutug‘ini portugaliyalik futbolchiga bag‘ishlab, uni o‘zining do‘sti va kumiri deb atadi:

“Bu aql bovar qilmas holat. ‘Real’dagi ilk mavsumimdayoq Krishtianu erishgan natijani takrorlay oldim. U — mening kumirim va bu klub tarixidagi eng buyuk futbolchi. Golni nishonlashim ham aynan uning sharafiga bag‘ishlandi. Unga minnatdorchilik bildirmoqchiman, chunki Ronaldu bu yerga moslashishimda yordam bergan. Endi esa men ham gollarim bilan ‘Real’ning g‘alabalariga hissa qo‘shyapman. Quvonchimni u bilan bo‘lishishni istadim. Krishtianu bilan munosabatlarimiz juda yaxshi, u mening do‘stim. Shuningdek, unga va barcha ‘Real’ muxlislarini Yangi yil bayramo bilan tabriklayman”, dedi Mbappe o‘zining Instagram sahifasida.

Ma’lumot uchun, Mbappe 2024-yilning yozida Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubidan “Real”ga ko‘chib o‘tgan edi. Futbolchi joriy mavsum madridliklar safida 29 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 29 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar