Daryo

O‘zbekiston va Slovakiya prezidentlari strategik sheriklikni yanada mustahkamlashni muhokama qildi

O‘zbekistondan to‘qimachilik, charm, meva-sabzavot va boshqa xaridorgir mahsulotlar, Slovakiyadan kauchuk, avtomobillar uchun butlovchi qismlar, farmatsevtika va boshqa sanoat tovarlari yetkazib berishni ko‘paytirishga kelishib olindi. Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga ega masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

2 daqiqa o‘qish1 851 ko‘rishlar0 izoh0

Samarqand shahrida 30-oktyabr kuni YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida Shavkat Mirziyoyev va Slovakiya prezidenti Peter Pellegrini muzokara o‘tkazdi.

Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston bilan Slovakiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb jihatlari ko‘rib chiqildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Barcha darajalarda ikki tomonlama almashinuvlar ijobiy sur’at bilan davom etayotgani, shuningdek, ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlik mustahkamlanib borayotgani qayd etildi. Tovar ayirboshlash va investitsiyalarning hajmini oshirish, shuningdek, muhim tarmoqlarda sanoat kooperatsiyasi loyihalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekistondan to‘qimachilik, charm, meva-sabzavot va boshqa xaridorgir mahsulotlar, Slovakiyadan kauchuk, avtomobillar uchun butlovchi qismlar, farmatsevtika va boshqa sanoat tovarlari yetkazib berishni ko‘paytirishga kelishib olindi. Shu maqsadda milliy mahsulotlar ko‘rgazmalarini o‘tkazish, savdo uylarini ochish rejalashtirilgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Raqamlashtirishni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Banklarning kiberxavfsizlik monitoringini yuritish va yuk tashishlarni kuzatishning ilg‘or tizimlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shma markaz tashkil qilish masalasini ishlab chiqish taklif qilindi.

Slovakiya biznesi bilan avtomobil butlovchi qismlar, tayyor sut mahsulotlari ishlab chiqarish va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyorlik bildirildi.

Gumanitar va ta’lim almashinuvlarini faollashtirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. 2026-yilda Bratislava shahrida ikki mamlakat rektorlarining birinchi forumini o‘tkazish, turizm ko‘rgazmalari va o‘zaro Turizm kunlarini tashkil etish taklif qilindi. Tartibli mehnat migratsiyasini yo‘lga qo‘yish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ko‘p tomonlama maydonlarda o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Samarqand shahri 30-oktyabrdan 13-noyabrgacha YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga mezbonlik qiladi. Mazkur sessiya soʻnggi 40 yil ichida ilk bor Parijdagi bosh qarorgohdan tashqarida va birinchi marta Markaziy Osiyoda oʻtkazilmoqda. Oʻz navbatida anjuman YUNESKO tashkil etilganining 80 yilligi bilan bir vaqtda oʻtmoqda. Unda 190 ta aʼzo davlat va xalqaro tashkilotlardan 2 ming 800 dan ortiq vakil, shu jumladan 70 ga yaqin yuqori darajali shaxslar ishtirok etadi. 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar