Daryo

Toshkentda 35 ming dollar pora talab qilgan sobiq soliqchi ushlandi

Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Soliq qo‘mitasining katta inspektori jinoyat ishiga gumonlanuvchi sifatida jalb etildi.

1 daqiqa o‘qish2 378 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkentda firibgarlik bilan 35 ming dollar pora talab qilgan sobiq soliq xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, muqaddam soliq idoralarida faoliyat yuritgan, hozirda Toshkent shahridagi transport va logistika xizmatlari ko‘rsatuvchi MCHJda hisobchi bo‘lib ishlayotgan ushbu shaxs o‘zining sobiq hamkasblari imkoniyatlari orqali bo‘yoq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi MCHJga 17 mlrd so‘mlik qo‘shilgan qiymat solig‘ining manfiy farq summasini qaytarish hamda uning to‘xtatilgan QQS guvohnomasini qayta faollashtirib berish evaziga 35 ming dollar talab qilgan.

DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u MCHJ ta’sischisidan 20 500 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan hisobchi va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi  4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda firibgarlik) va 28,211-moddasi  3-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Dastlabki tergov harakatlari davomida u o‘zining “xolis” yordamini Soliq qo‘mitasining katta inspektori orqali hal qilishi kerakligi aniqlanib, mazkur davlat xizmatchisi ham jinoyat ishiga gumonlanuvchi sifatida jalb etildi.

Bundan bir necha kun avval Namanganda firibgarlik qilgan turistik firma rahbari va xususiy bandlik agentligi xodimi ushlangani xabar qilingandi. Fargʻonada fermerdan 26 mln so‘m pora talab qilgan Obodonlashtirish boshqarmasi xodimi qoʻlga tushgandi. 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar