Daryo

Keniyada samolyot qulab tushdi: 12 kishi halok bo‘ldi (video)

Bortdagi barcha yo‘lovchilar xorijlik bo‘lgani aytilmoqda. Samolyot mamlakatdagi mashhur turistik qo‘riqxonaga ketayotganda o‘rmon hududida halokatga uchragan.

1 daqiqa o‘qish2 072 ko‘rishlar0 izoh0

Keniyaning Kvale okrugida 28-oktyabr tongida Maasai Mara milliy qo‘riqxonasiga yo‘l olgan kichik samolyot halokatga uchradi. Hodisada 12 kishi halok bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Bu haqda CNN xabar berdi.

Mahalliy hokimiyat xabariga ko‘ra, samolyot Diani aerodromidan 40 kilometr uzoqlikdagi tog‘li va o‘rmonli hududda qulagan. Kvale okrugi komissari Stiven Orindening aytishicha, bortdagi barcha yo‘lovchilar xorijlik sayyohlar bo‘lgan, hozirda ularning fuqaroligi aniqlanmoqda.

Keniya fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi bergan ma’lumotda, Cessna Caravan turidagi havo kemasida jami 12 kishi bo‘lgan, hodisa sabablari hozircha o‘rganilmoqda. Rasmiylarning bildirishicha, samolyot uchishdan bir necha daqiqa o‘tib qulab, yonib ketgan. Guvohlarga ko‘ra, ular kuchli portlash ovozini eshitgan, hodisa joyiga yetib borganda esa tanib bo‘lmas darajada kuygan inson qoldiqlarini ko‘rgan.

Mombasa Air Safari aviakompaniyasi hodisa yuzasidan Keniya fuqarolik aviatsiyasi idorasi bilan hamkorlik qilayotganini va rasmiy ma’lumotlar aynan shu idora orqali e’lon qilinishini ma’lum qilgan.

Maasai Mara milliy qo‘riqxonasi Keniya va Tanzaniya chegarasida joylashgan bo‘lib, u Serengeti milliy qo‘riqxonasidan ko‘chib o‘tuvchi yovvoyi hayvonlar migratsiyasi bilan mashhur turistik maskan hisoblanadi.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar