Daryo

Xorijdagi isroilliklarga qarshi hujumlar ortida Eron turibdi — Isroil

Yahudiy razvedka xizmati “Mossad” qo‘shma bayonot e’lon qildi. Unda Eron hukumati Avstraliya, Gretsiya va Germaniyada 2024—2025-yillarda amalga oshirilgan yirik hujumlarga aloqadorlikda ayblanmoqda.

1 daqiqa o‘qish1 826 ko‘rishlar0 izoh2

Eron inqilobiy gvardiyasi (EIG) dunyoning turli mamlakatlarida isroilliklar va yahudiylarga qarshi uyushtirilgan hujumlar ortida turibdi. Mazkur da’vo Isroil hukumati tomonidan 26-oktyabr kuni bildirildi.

Isroil Bosh vazir idorasi va tashqi razvedka xizmati “Mossad”ning qo‘shma bayonotida aytilishicha, 2023-yil 7-oktyabrdan keyin EIG tizimli ravishda isroilliklar va yahudiylarga butun dunyo bo‘ylab hujumlar uyushtirib kelmoqda.

Bayonotda Eron hukumati Avstraliya, Gretsiya va Germaniyada 2024-2025-yillarda amalga oshirilgan yirik hujumlarga aloqadorlikda ayblanmoqda. “Mossad” va boshqa razvedka xizmatlari hamkorligida o‘tkazilgan operatsiyalar natijasida o‘nlab hujumlarning oldi olingani ma’lum qilingan.

EIG korpusining yuqori martabali qo‘mondoni Sardor Amar boshchiligida Isroil va yahudiy nishonlariga qarshi hujumlarni rag‘batlantiruvchi maxsus tizim tuzilgan. Aynan shu tizim 2024-yili Gretsiya, Avstraliya va Germaniyada sodir etilgan terrorchilik hujumlari uchun mas’ul deb ko‘rsatilmoqda.

Ushbu voqealardan so‘ng Avstraliya Eron elchisini mamlakatdan chiqib ketishga majbur qilgan. Germaniya esa Eron elchisini tashqi ishlar vazirligiga chaqirib, norozilik bildirgan. Gretsiya terrorizmga qarshi politsiyasi 2024-yil iyul oyida Afina markazidagi yahudiy ibodatxonasi va isroilliklarga tegishli mehmonxonaga uyushtirilgan hujum ishi bo‘yicha yetti kishini, jumladan ikki nafar eronlikni qo‘lga olgan.

Germaniya prokuraturasining ma’lum qilishicha, Daniya politsiyasi Berlindagi yahudiylarga tegishli joylar haqida ma’lumot to‘plagan va Eron razvedkasi bilan aloqador bo‘lgan shaxsni hibsga olgan. U iyun oyida uchta obyektni kuzatgan bo‘lib, tergovchilar bu harakatlarni “yahudiy nishonlariga qarshi ehtimoliy terror hujumlariga tayyorgarlik” sifatida baholagandi.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar