“O‘zgidromet” 28-oktyabr uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra, seshanba kuni aksariyat hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Toshkent shahrida havo oʻzgaruvchan boʻladi, kuning ikkinchi yarmida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi, 10-12 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 11-13 daraja, kunduzi 21-23 daraja boʻladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 17-22 daraja boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 21-26 daraja boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 18-23 daraja boʻladi.
Qashqadaryo viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 21-26 daraja boʻladi.
Surxondaryo viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 21-26 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, kechga tomon baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 21-26 daraja boʻladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, baland togʻli hududlarda qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 13-18 daraja boʻladi.








