Daryo

Maktab direktori va uning oʻrinbosarlariga endilikda KPI asosida ustama to‘lanadi

Ular faoliyatining samaradorligi umumtaʼlim muassasasining tegishli ko‘rsatkichlariga muvofiq 100 ballik tizimda baholanadi.

1 daqiqa o‘qish3 378 ko‘rishlar0 izoh0

Maktab direktorlari va ularning oʻrinbosarlariga endilikda faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlari (KPI) asosida oylik ustamalar toʻlanadi.

Qayd etilishicha, umumtaʼlim muassasalarining direktori va uning oʻrinbosarlari faoliyatining samaradorligi maktabning tegishli koʻrsatkichlariga muvofiq 100 ballik tizimda baholanadi. Ularga bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 20 foiz har oylik ustamalar toʻlanadi.

Bunda akademik, noakademik, tarbiyaviy ishlar va moliyaviy faoliyat samaradorligi hamda malakali oʻqituvchilar bilan taʼminlanganlik darajasi natijalariga qaraladi. Koʻrsatkichlar baholash metodikasi va tartibi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Bundan tashqari, oʻz faoliyatida ijobiy natija koʻrsatgan jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 20 foizgacha ragʻbatlantiriladi, shuningdek, umumtaʼlim muassasalarida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual klublarining koordinatori boʻlgan oʻqituvchilarga ularning tarif stavkasining 50 foizi miqdorida bir martalik toʻlov toʻlanadi.

Avvalroq musiqa va jismoniy tarbiya oʻqituvchilariga sertifikat berish tartibi tasdiqlangandi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar