Daryo

Jud Bellingem “El-Klasiko”da o‘ziga xos natija qayd etdi

Angliyalik yarim himoyachi XXI asrda “Real” safida “Barselona”ga qarshi bahsda ham gol, ham golli uzatma qayd etgan eng yosh futbolchiga aylandi.

1 daqiqa o‘qish2 100 ko‘rishlar0 izoh1

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem “Barselona”ga qarshi o‘yinda o‘ziga xos natija qayd etdi. Opta portali ma’lumotiga ko‘ra, angliyalik futbolchi XXI asrda “Real” safida “Barselona”ga qarshi bahsda ham gol, ham golli uzatma qayd etgan eng yosh futbolchiga aylandi.

22 yosh-u 119 kunlik Bellingem bu borada jamoadoshi Vinisius Juniorning natijasini yangiladi. Vinisius 2023-yil aprel oyida Ispaniya Kubogi doirasidagi “Barselona”ga qarshi o‘yinda shunday natijaga erishganida 22 yosh-u 267 kunlik, ya’ni Bellingemdan 148 kunlik katta edi. 

Eslatib o‘tamiz, 26-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi “El-Klasiko”da “Real Madrid” “Barselona”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Jud Bellingem 22-daqiqada Kilian Mbappening goliga hammualliflik qilgan bo‘lsa, 43-daqiqada uning o‘zi ham raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng Xabi Alonso boshchiligidagi “Real Madrid” 27 ochko bilan La Liga jadvalida peshqadamlik qilmoqda. 22 ochkoga ega “Barselona” esa ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar