Daryo

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati pasayadi

Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin.

1 daqiqa o‘qish2 394 ko‘rishlar0 izoh3

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati asta-sekin pasayadi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

Prognozlarga ko‘ra, 24-oktyabr juma kuni kunduzi va dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat 25—26-oktyabrda Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin.

Havo harorati 24-oktyabrda 25-30 darajani, shimolda 21-26 darajani tashkil etadi.

Dam olish kunlari esa havo harorati asta-sekin pasayadi va 25-oktyabrda 23-28 darajani, 26-oktyabrda 21-26 darajani, shimolda 25-26-oktyabrda 19-24 darajani tashkil etadi.

Toshkentda havo harorati shanba kuni 25-27 daraja, yakshanba kuni 24-26 daraja bo‘ladi. Kechalari harorat 13-15 daraja atrofida bo‘ladi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar