Daryo

Nigeriyada yonilg‘i tankeri portlab, 35 kishi halok bo‘ldi (video)

Ularning aksariyati ag‘darilgan tankerdan yonilg‘ini olish uchun unga yaqinlashgan. Ammo o‘sha paytda portlash sodir bo‘lgan. Jarohatlangan fuqarolarda og‘ir kuyish qayd etilgan.

1 daqiqa o‘qish1 529 ko‘rishlar0 izoh1

Nigeriyaning shimoliy Niger shtatida yonilg‘i tashuvchi avtosisterna ag‘darilib portlashi oqibatida kamida 35 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Federal yo‘l harakati xavfsizligi korpusiga tayanib, Al Jazeera xabar berdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, transport vositasi yo‘ldan chiqib ketgan va oqibatda benzin to‘kilgan. Oradan ko‘p o‘tmay, yonilg‘i alanga olgan. Jarohat olgan bir necha kishi Bida federal tibbiyot markaziga yetkazilgan, ularda og‘ir kuyish belgilari qayd etilgan.

Niger shtati gubernatori Muhammad Umaru Bago voqea yuz bergan Essa shahri aholisiga chuqur hamdardlik bildirgan. U tanker portlashi “ko‘plab insonlar hayotiga zomin bo‘lgani va yana bir necha kishining tan jarohati olganini” ta’kidlagan.

Gubernatorning matbuot kotibi Bologi Ibrohim ma’lum qilishicha, portlash paytida ayrim fuqarolar ag‘darilgan tankerdan yonilg‘ini olish uchun unga yaqinlashgan, ammo aynan o‘sha paytda portlash sodir bo‘lgan.

“Bu xalqimiz va shtat hukumati uchun yana bir og‘riqli, mushkul va fojiali hodisadir”, deyiladi bayonotda.

Tanker Lagos shahridan Nigeriya shimoliga benzin olib ketayotgan bo‘lgan. Faqat oktyabr oyining o‘zida shu yo‘nalishda 30 ga yaqin yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Mutaxassislar buni “yo‘llarning achinarli holati” bilan izohlamoqda.

Neft mahsulotlari bilan bog‘liq portlashlar Nigeriyada tez-tez yuz beradi. Mamlakatda quvur infratuzilmasining yetishmasligi sababli yonilg‘i asosan avtomobillar orqali tashiladi. Chuqurliklar bilan to‘la, ta’mirtalab yo‘llar esa har yili o‘nlab insonlarning o‘limiga sabab bo‘lmoqda.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar