Daryo

Nigeriyada benzovoz portlab, 147 kishi halok bo‘ldi (video)

Qurbonlarning aksariyati portlash yuz bergan payt yonilg‘i olishga shoshilgan

1 daqiqa o‘qish6 964 ko‘rishlar0 izoh0

Nigeriya shimolidagi Jigava shtatida benzovoz portlab, 147 kishi halok bo‘ldi, 70 kishi jarohatlanadi. Bu haqda mahalliy politsiyaga tayanib, CNN xabar berdi.

Foto: Urwatulwusqauk

Halok bo‘lganlarning aksariyati avariya oqibatida to‘kilgan yonilg‘ini yig‘ishga uringan. CNN suhbatdoshiga ko‘ra, hodisa 15-oktyabrda Majiya shahrida sodir bo‘lgan. O‘shanda qurbonlar soni 94 kishi edi. Yonilg‘i sisternasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib qo‘ygan, avtosisterna ag‘darilib ketgan, yonilg‘i esa drenaj arig‘iga to‘kilgan. Shundan so‘ng mahalliy aholi portlash sodir bo‘lgan paytda yonilg‘i olishga shoshilgan.

“Odamlar halokat joyi atrofida to‘plandi va bu ommaviy qurbonlarga sabab bo‘ldi”, dedi Jigava politsiyasi vakili Van Guard.

Politsiyaning ogohlantirishiga qaramay aholi to‘planishda davom etgan. Nigeriyada yonilg‘i tankerlari bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar tez-tez sodir bo‘ladi. Sentyabr oyida Niger shtatida avtosisterna yo‘lovchilar va chorva mollarini olib ketayotgan yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida 59 kishi halok bo‘lgandi. Federal Yo‘l xavfsizlik komissiyasi hisob-kitoblariga ko‘ra, Nigeriyada har yili yo‘l harakati qurbonlari 40 mingga yaqinlashmoqda.

AFP maʼlumotlariga ko‘ra, mamlakat prezidenti Bola Tinubu 2023-yilda subsidiyalarni bekor qilganidan so‘ng, Nigeriyada benzin narxi besh baravar ko‘tarilib, yonilg‘i taqchilligiga olib kelgan. Oqibatda avariyalardan keyin aholi sisternalardan to‘kilgan yonilg‘ini olishga majbur bo‘lmoqda.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar