Daryo

“Haj va Umra yagona portali” ishga tushirildi

Talabgor 2 xil tartibda, ya’ni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va maxsus sayt orqali elektron navbatga yozilishi mumkin.

1 daqiqa o‘qish9 333 ko‘rishlar1 izoh32

O‘zbekiston fuqarolari endilikda haj va umra safarlariga onlayn tarzda navbatga yozilish imkoniga ega bo‘ldi. Yangi tizim — “Haj va Umra yagona portali” ishga tushirildi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati xabariga ko‘ra, talabgor 2 xil usulda, ya’ni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali www.my.gov.uz va www.haj-umra.gov.uz sayti orqali elektron navbatga yozilishi mumkin.

Mazkur portal fuqarolarga uydan chiqmasdan turib hujjatlarni rasmiylashtirish, zarur tashkilotlarga murojaat qilish kabi byurokratik jarayonlarsiz ro‘yxatdan o‘tish imkonini beradi. Loyiha haj va umra safarlarini tashkil etishda qulaylik, shaffoflik va ochiqlikni ta’minlashga qaratilgan.

Haj–2026 mavsumi uchun yangi tartib joriy etildi.

Saudiya Arabistoni podshohligi Haj va Umra vazirligi “Haj – 2026” mavsumi uchun yangi tartibni joriy etdi.

Unga ko‘ra, 2026-yilgi Haj safariga boruvchi har bir ziyoratchiga “Nusuk” platformasi orqali olingan tibbiy sog‘lomlik to‘g‘risidagi guvohnoma taqdim etilgan taqdirda haj vizasi rasmiylashtiriladi. Mazkur tartib haj ziyoratchilarining xavfsizligi va sog‘lig‘ini ta’minlashga qaratilgan. Saudiya Arabistoni Sog‘liqni saqlash vazirligi tegishli idoralarga ziyoratchilarni sinchkovlik bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish hamda haj safariga borishga jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarni aniqlash majburiyatini yukladi.

Shuningdek, Haj vazirligi tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tmasdan yoki soxta ma’lumot taqdim etgan holatlar aniqlansa, belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi ma’lum qilingan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar