Angliya Premer Ligasining 8-turi doirasida “Liverpul” hamda “Manchester Yunayted” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi. “Enfild” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda mankunianliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi hisob 2-daqiqasidayoq Brayan Mbeumo tomonidan ochildi. Kodi Gakpo 78-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Ammo 84-daqiqada Harri Maguayr tomonidan urilgan gol Manchester klubiga muhim g‘alaba taqdim etdi.
Mazkur o‘yindan so‘ng “Liverpul” 15 ochko bilan turnir jadvalining 4-pog‘onani, “Manchester Yunayted” esa 13 ochko bilan 9-o‘rinni egallab turibdi.
“Liverpul” navbatdagi o‘yinini 25-oktyabr kuni safarda “Brentford”ga qarshi o‘tkazadi. “Manchester Yunayted” esa “Brayton”ni o‘z maydonida qabul qiladi.
Angliya Premyer Ligasi
8-tur
“Liverpul” — “Manchester Yunayted” 1:2
Gollar: 0:1 — Mbeumo (2), 1:1 — Gakpo (78), 1:2 — Maguayr (84)








