Daryo

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati pasaya boshlaydi

18-oktyabrda nisbatan salqin havo massalari kirib keladi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin.

1 daqiqa o‘qish1 812 ko‘rishlar0 izoh1

O‘zbekistonda 18-19-oktyabr kunlari havo harorati pasaya boshlaydi.

“O‘zgidromet” prognozlariga ko‘ra, 18-oktyabr, shanba kuni shimoli-g‘arbdan nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Havo harorati kunduz kunlari asta-sekin pasayadi va 18-oktyabrda 21-26 darajani, shimolda 15-20 darajani; 19-oktyabrda 28-23 darajani, shimolda 13-18 darajani tashkil etadi. Havo harorati kechalari 6-11 darajagacha, shimolda 3-8 daraja iliqqacha pasayadi.

Dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat 18-oktyabr kuni kechga tomon Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 19-oktyabrda tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin.

Toshkentda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati shanba kuni 23-25 daraja, yakshanba kuni 19-21 daraja bo‘ladi. Kechalari harorat asta-sekin 8-10 darajagacha pasayadi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar