Daryo

Krishtianu Ronaldu 2025-yilning eng ko‘p daromad oluvchi futbolchisi bo‘ldi — Forbes

Ro‘yxatning ikkinchi pog‘onasidan “Inter Mayami” hujumchisi, argentinalik futbolchi Lionel Messi joy olgan.

1 daqiqa o‘qish3 925 ko‘rishlar0 izoh1

Dunyoga mashhur Forbes jurnali 2025-yilning eng yuqori daromad oluvchi futbolchilari ro‘yxatini e’lon qildi. Reytingning birinchi pog‘onasidan Portugaliya terma jamoasi va Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu joy oldi.

Forbes hisob-kitoblariga ko‘ra, Ronaldu 2025/2026-yilgi mavsum davomida “An-Nassr”dan jami 280 million dollar ishlab topadi. Bu summaga maosh, bonuslar va klub bilan bog‘liq tijoriy kelishuvlardan tushadigan daromadlar kiradi. Shuningdek, turli homiylik va hamkorliklardan qo‘shimcha 50 million dollar daromad olishi aytilmoqda.

Reytingda ikkinchi o‘rinni AQSHning “Inter Mayami” klubi safida to‘p surayotgan argentinalik futbolchi Lionel Messi egallagan. Kuchli uchlikni esa Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubi hujumchisi Karim Benzema yakunlab berdi.

Eng ko‘p daromad olgan 10 nafar futbolchi (2025-yil, Forbes):

  1. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya, “An-Nassr”) — 280 million dollar
  2. Lionel Messi (Argentina, “Inter Mayami”) — 130 million dollar
  3. Karim Benzema (Fransiya, “Al-Ittihod”) — 104 million dollar
  4. Kilian Mbappe (Fransiya, “Real Madrid”) — 95 million dollar
  5. Erling Holand (Norvegiya, “Manchester Siti”) — 80 million dollar
  6. Vinisius Junior (Braziliya, “Real Madrid”) — 60 million dollar
  7. Muhammad Saloh (Misr, “Liverpul”) — 55 million dollar
  8. Sadio Mane (Senegal, “An-Nassr”) — 54 million dollar
  9. Jud Bellingham (Angliya, “Real Madrid”) — 44 million dollar
  10. Lamin Yamal (Ispaniya, “Barselona”) — 43 million dollar

Eslatib o‘tamiz, avvalroq milliard dollar ishlab topgan tarixdagi ilk futbolchiga aylangandi. Unga ko‘ra, portugaliyalik hujumchining sof boyligi 1,4 milliard dollarni tashkil qiladi. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar