Daryo

Ronaldu JCH-2030 da o‘ynashi mumkinligiga ishora qildi

41 yoshli hujumchi 2026-yilgi mundialda O‘zbekiston, Kongo DR va Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi.

1 daqiqa o‘qish3 224 ko‘rishlar0 izoh2

Portugaliya futboli afsonasi, 5 marta “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritgan hujumchi Krishtianu Ronaldu 2030-yili bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida ham maydonga tushish ehtimoli borligini inkor etmadi.

Dazn nashri bergan xabarlarga ko‘ra, ayni damda 41 yoshni qarshi olgan hujumchi o‘zining kelajakdagi rejalari haqida shunday deydi:

“2030-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishimni butunlay inkor eta olmayman. Agar men 41 yoshimda ham har hafta gol urishda davom etayotgan bo‘lsam, demak, yana to‘rt yil o‘ynashim ham mumkin”, deydi portugaliyalik yulduz.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda 41 yoshli Ronaldu Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubi safida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 25 ta gol va 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Portugaliya terma jamoasi safida esa 226 ta o‘yinda ishtirok etib, 143 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.

Eslatib o‘tamiz, yaqinlashib kelayotgan JCh-2026 turnirida Portugaliya terma jamoasi “K” guruhidan joy olgan bo‘lib, O‘zbekiston, Kongo DR va Kolumbiya jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar