Daryo

JCHning eng kuchli futbolchilari reytingi e’lon qilindi

Ushbu ro‘yxatga Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi ham kiritilgan.

1 daqiqa o‘qish59 021 ko‘rishlar0 izoh56

The Athletic nashri ekspertlari 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etayotgan eng kuchli futbolchilar reytingini tuzdi. Ro‘yxatni shakllantirishda futbolchilarning nafaqat individual mahorati, balki ayni paytdagi sport formasi, jismoniy tayyorgarligi hamda mundial davomida muntazam maydonga tushish ehtimoli ham inobatga olingan.

Ushbu reytingga jami 50 nafar futbolchi kiritilgan. E’tiborlisi, ro‘yxatning ilk o‘rinlarini Fransiya, Angliya, Ispaniya va Portugaliya terma jamoalari vakillari egalladi.

Mundialning eng kuchli futbolchisi Fransiya terma jamoasi va “PSJ” hujumchisi Usmon Dembele deb topildi. Kuchli uchlikdan Angliya sardori Harri Keyn hamda Ispaniyaning yosh yulduzi Lamin Yamal joy oldi.

Shuningdek, kuchli o‘nlikka Maykl Olise, Vitinya, Kilian Mbappe, Gabriel Magalyaesh, Pedri, Ashraf Hakimi va Brunu Fernandesh ham kiritilgan.

Top-25 reyting:

  1. Usmon Dembele (Fransiya)
  2. Harri Keyn (Angliya)
  3. Lamin Yamal (Ispaniya)
  4. Maykl Olise (Fransiya)
  5. Vitinya (Portugaliya)
  6. Kilian Mbappe (Fransiya)
  7. Gabriel Magalyaesh (Braziliya)
  8. Pedri (Ispaniya)
  9. Ashraf Hakimi (Marokash)
  10. Brunu Fernandesh (Portugaliya)
  11. Luis Dias (Kolumbiya)
  12. Deklan Rays (Angliya)
  13. Erling Holand (Norvegiya)
  14. Nuno Mendes (Portugaliya)
  15. Vinisius Junior (Braziliya)
  16. Yozua Kimmix (Germaniya)
  17. Vilyam Saliba (Fransiya)
  18. Uilyan Pacho (Ekvador)
  19. Jud Bellingem (Angliya)
  20. Federiko Valverde (Urugvay)
  21. Rafinya Dias (Braziliya)
  22. Jonatan Ta (Germaniya)
  23. Tibo Kurtua (Belgiya)
  24. Dayo Upamekano (Fransiya)
  25. Lionel Messi (Argentina)

Reytingdagi eng katta muhokamalardan biri Lionel Messining atigi 25-o‘rindan joy olgani bo‘ldi. Amaldagi Jahon chempioni bo‘lgan Argentina sardori hali ham futbol olamining eng yorqin yulduzlaridan biri hisoblanishiga qaramay, ekspertlar uning yoshi va jismoniy holatini ham inobatga olgan.

Yana bir qiziqarli holat jahon futboli tarixidagi eng yaxshi to‘purar, Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronalduning reytingda so‘nggi, 50-o‘rindan joy olganidir. 41 yoshli hujumchi mundialga kelgan futbolchilar orasida eng tajribali o‘yinchilardan biri bo‘lsa-da, The Athletic uning hozirgi sport formasini ro‘yxatning quyi qismiga munosib deb baholagan.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar