Daryo

Abduqodir Husanov “Everton”ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi

O‘zbekistonlik himoyachi 21-sentyabr kuni “Arsenal”ga qarshi kechgan uchrashuvda oyog‘idan jarohat olgan edi.

1 daqiqa o‘qish1 711 ko‘rishlar0 izoh2

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi “Manchester Siti”ning so‘nggi mashg‘ulotida ishtirok etmadi. Bu haqda CityXtra nashri xabar berdi.

Klub rahbariyati xalqaro tanaffus vaqtida Husanov jarohatdan to‘liq tiklanib, mashg‘ulotlarga qaytishiga umid qilgandi. Biroq hozircha bu amalga oshgani yo‘q. Chunki klub rahbariyati futbolchi to‘liq tiklanib olish kerak degan qarorga kelgan. Natijada, himoyachi 18-oktyabr kuni bo‘ladigan “Everton”ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi.

Shuningdek, ispaniyalik yarim himoyachi Rodri ham safga qaytgani yo‘q. Manbaga ko‘ra, ikkala futbolchining yo‘qligi ortidan Pep Gvardiola “Everton”ga qarshi bahsda taktik o‘zgarish qilishi aytilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Husanov 21-sentyabr kuni “Arsenal”ga qarshi kechgan (1:1) uchrashuvda oyog‘idan jarohat olgan edi. O‘zbekistonlik futbolchi joriy mavsumda “Manchester Siti” safida jami 5 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Ayni paytda “Manchester Siti” Angliya Premyer Ligasi turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar