Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Britaniya biznes vakillari bilan uchrashdi.
Ma’lum qilinishicha, ishbilarmon doiralar bilan uchrashuvda Britaniya biznes vakillari O‘zbekistonda amalga oshirayotgan loyihalari hamda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelgusi rejalari haqida ma’lumot bergan.
“Bu O‘zbekistondagi biznes muhitiga tashqaridan berilgan mutlaqo xolisona baho edi va men mamlakatimizda yuz bergan ulkan o‘zgarishlar bilan faxrlanaman.
Biz yuzlab yillik tarixga ega bo‘lgan ishbilarmon doiralarning ishonchini qozonib bormoqdamiz”, dedi Saida Mirziyoyeva.
Saida Mirziyoyeva bugun, shuningdek, Londonda tashkil etilgan round-shou davomida Buyuk Britaniya Gʻaznachiligi iqtisodiy kotibi Lyusi Rigbi bilan uchrashuv o‘tkazdi.








