Daryo

“El-Klasiko” oldidan “Barselona” jiddiy yo‘qotishga uchradi

Shu tariqa, “Real” bilan bellashuvda kataloniyaliklarning 6 nafar futbolchisi o‘tkazib yuborishi kutilmoqda.

1 daqiqa o‘qish2 400 ko‘rishlar0 izoh3

“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski jarohat tufayli “Real Madrid”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinda ishtirok eta olmaydi. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Levandovski Polsha terma jamoasi safida chap soni mushagini shikastlab olgan. Futbolchining safga qaytish muddati hozircha noma’lum. Biroq xorijiy manbalarga ko‘ra, u 4–6 hafta maydga tusha olmasligi mumkin. Agar bu taxminlar tasdiqlansa, u holda Levandovski 26-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan “El-Klasiko”da ishtirok eta olmaydi.

Shuningdek, “Barselona” safida boshqa bir qator futbolchilar — Rafinya, Gavi, Dani Olmo, Joan Garsiya va Ter-Shtegen ham “Real Madrid”ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborishi kutilmoqda.

Levandovski “Barselona”ga 2022-yilda kelgan. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2026-yil yozigacha amal qiladi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalar doirasida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 10 million yevroga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, ayni vaqtda “Barselona” 19 ochko bilan Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. Kataloniyaliklar 21 ochkoga ega “Real Madrid”dan 2 ochkoga ortda qolmoqda. Ular o‘rtasidagi navbatdagi to‘qnashuv 26-oktyabr kuni Madridning “Santiago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar