Filippinda 30-sentyabr kuni sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari soni 69 taga yetdi. Bu BBC haqda xabar berdi.
Eng ko‘p zarar ko‘rgan Sebu provinsiyasi 1-oktyabr kuni kuni ofat hududi deb e’lon qilingan. Dastlab zilzila qurbonlari soni 27 ta ekani ma’lum qilingandi. Mamlakat aholisining ko‘pchiligi aftershoklar sabab tunni ko‘chalarda o‘tkazgan. Mahalliy aholi vakillaridan biri BBC’ga bergan intervyusida elektr va suv uzilib qolganini aytgan. Shuningdek, odamlarga jiddiy ruhiy zarba yetgani bildirilgan.
Bu zilziladan ikki hafta oldin Filippinda kuchli to‘fon ham yuz bergandi. Zilzilaning aksar qurbonlari Bogo shahri aholisi bo‘lgan. Yer silkinishi epitsentri shu yerga yaqin bo‘lib, yo‘llar buzilgan va ko‘priklar qulagan. Ko‘plab odamlar maxsus chodir shifoxonalarda davolanmoqda.
Mahalliy hukumat tibbiy yordam ko‘rsata oladigan ko‘ngillilarni qutqaruv operatsiyalariga jalb qilmoqda. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda, elektr ta’minotini tiklash va yordam yetkazish ustuvor vazifa qilib belgilangan.
Bogo shahrida 1-oktyabr kuni 4,7 balli aftershok qayd etilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra jabrlanganlar yo‘q. Sebu arxiyepiskopi ibodat qiluvchilarni ziyoratgohlarga borishni vaqtincha to‘xtatishga chaqirmoqda. Chunki eski tarixiy cherkovlar xavfsizlik maqsadlarida tekshirilmoqda.








