Daryo

Rodrigo “El-Klasiko” haqida: “Biz bu bahsda g‘alaba qozonishimiz kerak”

“Real” klubi hujumchisi Rodrigo Goes “Barselona”ga qarshi bo‘ladigan o‘yin borasida fikr bildirdi.

1 daqiqa o‘qish1 379 ko‘rishlar0 izoh0

Madridning “Real” klubi hujumchisi Rodrigo Goes “Barselona”ga qarshi bo‘ladigan navbatdagi “El-Klasiko” oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

“O‘tgan mavsumdagi natijalarni unutish kerak. Ayniqsa, “El-Klasiko”larda biz o‘z darajamizdan ancha past o‘yin namoyish qildik. “Barselona”ga qarshi o‘yinlarda o‘zimizni noqulay his qilganmiz. Ularni tan olish kerak, hozirda ular bizdan kuchliroq, ancha ishonchli va jips jamoa bo‘lib turibdi.

Ammo bizda ham kuchli jamoa bor. Oldimizda juda qiyin o‘yin turibdi, lekin biz o‘z uyimizda — “Santyago Bernabeu”da o‘ynaymiz. Muxlislarimiz oldida o‘z kuchimizni ko‘rsatishimiz kerak. Qanday bo‘lmasin, bu o‘yinga g‘alaba qozonishga harakat qilamiz”, deydi Rodrigo Goes.

Ma’lumot o‘rnida, Rodrigo hozirda Braziliya terma jamoasi bilan Seulda mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Karlo Anchelotti boshchiligidagi “pentakampeonlar” oktyabr oyidagi FIFA kunlarida Janubiy Koreya hamda Yaponiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Real” hamda “Barselona” o‘rtasidagi bahs 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. La Liganing 10-turidan o‘rin olgan bellashuv Madriddagi “Santiago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tadi. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar