Daryo

Isroil G‘azo shahriga olib boruvchi asosiy yo‘lni yopib qo‘ydi

Yahudiy davlati shaharni tark etgan aholiga hududga qayta kirishga ruxsat bermayapti. Odamlar chegarada tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.

1 daqiqa o‘qish1 414 ko‘rishlar0 izoh0

Isroil harbiylari 2-oktyabr kuni G‘azo shahriga olib boruvchi asosiy yo‘lni to‘sib qo‘ydi. Bu orqali shaharni tark etgan odamlarga orqaga qaytishga yo‘l qo‘yilmayapti. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.

Isroil mudofaa vaziri Kats bu G‘azodagi yuz minglab odamlar uchun “oxirgi imkoniyat” ekanini bildirgan. Yahudiy armiyasi sentabr oyidan boshlab shaharda eng yirik harbiy amaliyotlarni olib bormoqda. Rasmiylar G‘azo shahridagi HAMAS jangarilarining oxirgi tayanch nuqtalarini yo‘q qilishni maqsad qilgan.

Yo‘llar berkitilgan, qaytishga ruxsat yo‘q

Shahar aholisining aytishicha, Isroil tanklari G‘azo shahridan janubga olib boruvchi asosiy yo‘lda to‘siqlar hosil qilgan. Yo‘l orqali shaharni tark etayotganlar o‘tkazilmoqda, biroq ovqat yoki boshpana izlab chiqqanlar endi orqaga qaytishga qo‘yilmayapti. Isroil mudofaa vaziriga ko‘ra, shahardan chiqayotganlar harbiylar tomonidan tekshiruvdan o‘tkazilmoqda. Isroil armiyasi 1-oktyabr kuni “Netzarim yo‘lagi”da to‘liq nazoratni kuchaytirish bo‘yicha harakat boshlaganini bildirgan. Bu yo‘lak G‘azoning shimoliy va janubiy qismlarini ajratib turadi.

BMT ma’lumotiga ko‘ra, hozirda G‘azo shahrida 600-700 ming atrofida aholi qolgan. So‘nggi haftalarda 400 mingga yaqin odam shaharni tark etgan. G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi 24 soat ichida kamida 77 kishi halok bo‘lganini ma’lum qilgan.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar