Daryo

Gʻazoda inkubator ichidagi chaqaloqlar xavf ostida qolmoqda — UNICEF

Bitta inkubatorda hatto to‘rt nafar chaqaloq saqlanmoqda. Isroil esa G‘azoga yangi inkubatorlar olib kirilishiga to‘sqinlik qilib, shifoxonalarni oʻqqa tutmoqda.

1 daqiqa o‘qish1 332 ko‘rishlar0 izoh0

G‘azo shahridagi inkubatorlarda yotgan kamida 25 nafar kasal yoki chala tug‘ilgan chaqaloqni zudlik bilan evakuatsiya qilish lozim. Bu haqda BMTning UNICEF bolalar xayriya tashkiloti xabar berdi.

Tegishli chaqiriq Isroil quruqlikdagi hujumini kuchaytirishi, tunda Al Helo kasalxonasini oʻqqa tutishi ortidan yangradi. Kasalxona atrofidagi hududni tanklar o‘rab olgan, u yerda kamida 12 nafar chaqaloq inkubatorda saqlanmoqda. Hujum oqibatida kasalxona xonalari va karavotlarga shikast yetgan.

“Ularni ko‘chirish vaqti keldi, chunki G‘azo shahri yana urush maydoniga aylandi. Ammo qayerga ko‘chirish mumkin? Ular uchun xavfsiz joy yo‘q”, dedi UNICEF vakili Rikardo Pires.

​

Chaqaloqlarning ko‘pchiligi yangi tug‘ilgan, evakuatsiya qilish uchun ularni ko‘chma kislorod ta’minoti bilan adyollarga o‘rab, qo‘lbola aravachalarga joylashtirish kerak bo‘ladi. Biroq, bu jarayonda ular infeksiyaga chalinishi, harorat o‘zgarishlari ta’siriga uchrashi yoki ta’minot tugab qolishi mumkin.

“Ularni ko‘chirish hozircha eng yaxshi variantdek ko‘rinadi... lekin bu juda xavfli”, deydi Rikardo Pires.

​

Qaysi shifoxonalar chaqaloqlarni qabul qila olishi aniq emas edi, chunki ko‘pchiligi hujumga uchragan va to‘lib ketgan. Pires avgust oyida G‘azo shahrida bo‘lgan va u yerda boshiga o‘q tegib vafot etgan onaning qornidan olib tashlangan Narges ismli chaqaloqni ko‘rgan.

“Biz nafaqat undan, balki boshqa barcha chaqaloqlardan ham juda xavotirdamiz”, dedi u.

​

Pires otishmalardan so‘ng qizning otasi va shifokorlari bilan bog‘lanishga urinishlar natijasiz qolganini aytdi. G‘azo shahrida inkubatorlardan ko‘ra chaqaloqlar ko‘proq, ularning ba’zilari bitta inkubatorga joylashtirilgan.

Pires Isroil qo‘shimcha inkubatorlar olib kirishga ruxsat bermaganini aytdi. U o‘tgan oyda bitta inkubatorda to‘rtta chaqaloqni ko‘rganini ta’kidladi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar