Daryo

Isroilning G‘azodagi maktabga hujumida 25 kishi halok bo‘ldi (video)

Falastinliklar boshpana sifatida foydalangan maktab tunda nishonga olindi

1 daqiqa o‘qish3 883 ko‘rishlar0 izoh0

Isroil armiyasi G‘azodagi boshpana sifatida foydalanilgan maktabga zarba berdi. Oqibatda 25 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohatlandi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Foto: Reuters

Aviahujum oqibatida G‘azo shahri “Daraj” mahallasidagi maktabda yong‘in kelib chiqqan, odamlar tiriklayin yonib ketgan. Kamida olti nafar bola halok bo‘lgan. Qurbonlar orasida bolalardan tashqari ayollar ham bor. Tirik qolganlarni qidirish davom etmoqda.

Isroil may oyi boshida G‘azo sektoriga hujumlarni kuchaytirgan. Yahudiy davlati buni HAMASning harbiy va boshqaruv salohiyatini yo‘q qilish, garovga olinganlarni qaytarish bilan izohlamoqda.

Isroil o‘zining qo‘shinlari yoki evakuatsiya buyruqlari va bombardimonlari orqali sektorning taxminan 77 foizini nazoratga olgani aytilmoqda. Yahudiy davlatining G‘azoga hujumlarida jami 53 mingdan ortiq kishi, asosan, tinch aholi vakillari halok bo‘lgan.

Isroilning maktabga qilgan hujumlari

  • 2023-yil noyabrida, urush boshlanganidan ko‘p o‘tmay, Isroil bombalari va artilleriya zarbalari oqibatida G‘azo shahridagi al-Buroq maktabi ichida kamida 50 kishi, jumladan, bolalar halok bo‘ldi.
  • 2023-yil noyabrdagi ikkita hujumda Isroil harbiylari G‘azo shimolidagi Jabaliya qochqinlar lageridagi Al Faxura maktabiga zarba berib, kamida 65 kishini o‘ldirdi.
  • 2024-yil iyul oyida Xon Yunus yaqinidagi al-Avda maktabiga uyushtirilgan hujumda kamida 30 kishi halok bo‘ldi.
  • 2024-yil avgust oyida Isroil kuchlari al-Tabin maktabini falastinliklar ertalabki ibodatga yig‘ilgan paytda bombardimon qilgani oqibatida 100 dan ortiq odam halok bo‘ldi.
  • 2025-yilning aprel oyida Tuffa mahallasidagi uchta maktabga aviazarba berildi. Kamida 33 falastinlik halok bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi yaralandi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar