Daryo

Samarqandda chiqindilarni yer ostida saqlovchi konteynerlar o‘rnatildi

Maishiy chiqindilarning atrofga sochilib ketmasligi, issiq kunlarda turli noxush hidlar tarqalishining oldini olish maqsad qilingan.

1 daqiqa o‘qish8 474 ko‘rishlar0 izoh1

Chiqindilarni boshqarish agentligi Samarqandda respublikada ilk bor yerosti chiqindi saqlash majmuasi tashkil etilganini eʼlon qildi.

Qayd etilishicha, aholidan toʻplanadigan maishiy chiqindilarning atrofga sochilib ketmasligi, issiq kunlarda turli noxush hidlar tarqalishining oldini olish va fuqarolarga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida Samarqand shahri Qorasuv massivi “Obod maskan” MFYda 2 ta yarim yerosti chiqindi saqlovchi maxsus qutilar majmuasi ishga tushirildi.

Mazkur yer osti chiqindi saqlash majmuasi 2 metr chuqurlikda joylashtirilgan boʻlib, ularning har biriga 2 tadan jami 4 ta maxsus konteyner oʻrnatilgan. Konteynerlarning sigʻimi 3 metr kub yaʼni 550 litrni tashkil etadi. Natijada 1000-1500 nafar aholiga xizmat qiladi. Kelgusida bu kabi yerosti majmuasidan hududda yana 5 ta qurish rejalashtirilgan.

Foto: Chiqindilarni boshqarish agentligi
Foto: Chiqindilarni boshqarish agentligi

“Mahalliy aholi tomonidan bu kabi samarali chora-tadbirlar mamnuniyat bilan qarshilanib, ilgari shamol yoki turli hayvonlar tufayli chiqindilarning yer ustiga sochilib ketilishi kabi holatlarning oldini olishda maʼqul yechim boʻlgani taʼkidlandi”, deyiladi xabarda.

Chiqindilarni yer ostida saqlash Oʻzbekistonda ilk bor 2017-yilda Navoiyda sinovdan oʻtkazilgandi. 2018-yilda esa Toshkent shahrida chiqindilarni vaqtincha yer ostida saqlovchi maxsus qutilar oʻrnatilgandi.

Navoiyda o‘rnatilgan chiqindi qutilari
Foto: “Gazeta”
Toshkentda o‘rnatilgan chiqindi qutilari
Foto: Ekologiya vazirligi

Agentlik xabarida taʼkidlanishicha, bu kabi chora-tadbirlar respublika boʻyicha izchil davom ettiriladi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar