Daryo

“Rossiyaning 2025-yilgi bahorgi va yozgi hujumlari barbod bo‘ldi” — Ukraina armiyasi qo‘mondoni

Aleksandr Sirskiy hozirda faol front chizig‘ining uzunligi 1 250 kilometrni tashkil etishini aytdi. Ukrainadagi janglarda taxminan 712 ming rossiyalik harbiy ishtirok etmoqda.

1 daqiqa o‘qish1 541 ko‘rishlar0 izoh1

Ukraina armiyasi bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy Rossiya 2025-yilgi bahorgi va yozgi hujumlarda o‘z maqsadlariga erisha olmaganini aytdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Sirskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya jang maydonida Ukrainaga nisbatan ikki barobar ko‘p artilleriya qo‘llamoqda.

“Aytish mumkinki, rossiyaliklarning bahorgi va yozgi harbiy harakatlari amalda barbod bo‘ldi”, dedi Ukraina armiyasi qo‘mondoni jurnalistlar bilan uchrashuvda.

​

Rossiya front chizig‘ining bir qancha qismlarida yutuqlarga erishsa-da, Ukrainaning razvedka va hujumchi dronlari ularga muvaffaqiyatli qarshilik ko‘rsatmoqda. Ammo G‘arb razvedkasi hisob-kitoblariga ko‘ra, Ukrainada halok bo‘lganlar va yaradorlar soni bir milliondan oshgan.

Sirskiyning ma’lum qilishicha, hozirda faol front chizig‘ining uzunligi 1 250 kilometrni tashkil etadi. Ukrainadagi janglarda taxminan 712 ming rossiyalik harbiy ishtirok etmoqda. Sirskiy Rossiyaning Sumi va Xarkov viloyatlarida “bufer zona” yaratish, Pokrovsk shahrini egallash va butun Donetsk viloyatini qo‘lga kiritish rejalari barbod bo‘lganini ta’kidladi.

Butun Donetskni qo‘lga kiritish hozirda mintaqaning 70 foizdan ortig‘ini nazorat qilayotgan Rossiya uchun urushning asosiy maqsadi hisoblanadi. Sirskiy yoz boshidan beri ruslar “mingta kesish” deb ataladigan taktika bilan hujum qilayotganini ta’kidladi. Bu juda ko‘p miqdordagi kichik piyoda hujumlarini anglatadi.

“Bu bir vaqtning o‘zida ko‘p sonli kichik hujum guruhlaridan foydalanishdan iborat — 4-6 nafar harbiy xizmatchi joy relyefi, jarliklar va o‘rmonli hududlardan foydalangan holda oldinga siljiydi va asosiy maqsadi bizning hududimizga imkon qadar chuqurroq kirib borishdir”, dedi u.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar