Daryo

O‘zbekistonda “yashil” energiya hisobiga qariyb 2,5 mlrd kub metr tabiiy gaz tejaldi

Shuningdek, atmosferaga chiqarilishi mumkin bo‘lgan 3 mln 552 ming tonna zararli moddalar oldi olingan.

1 daqiqa o‘qish1 129 ko‘rishlar0 izoh5

O‘zbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2025-yilda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi 23-sentyabr holatiga ko‘ra, 8 mlrd kVt/soatni tashkil etdi.

Bugungi kunda mamlakatda umumiy quvvati 4 682 megavatt bo‘lgan 12 ta quyosh fotoelektr stansiyasi va 5 ta shamol elektr stansiyasi faoliyat yuritmoqda.

Mazkur hajmdagi “yashil” energiya hisobiga 2 mlrd 424 mln kub metr tabiiy gaz tejalgan, atmosferaga chiqarilishi mumkin bo‘lgan 3 mln 552 ming tonna zararli moddalar oldi olingan.

Shuningdek, joriy yil boshidan 23-sentyabr soat 17:00 gacha bo‘lgan davrda mamlakatdagi gidroelektr, quyosh va shamol stansiyalari jami 13 mlrd 220 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqardi. Bu ko‘rsatkich umumiy generatsiyaning 22 foizini tashkil etmoqda.

Ushbu hajm 7,3 mln xonadonning 9 oylik yoki 5,5 mln xonadonning bir yillik elektr energiyasi ehtiyojiga tengdir.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar