Daryo

Oʻzbekistonda bir oyda 80,5 mlrd soʻmlik gaz va elektr toki talon-toroj qilindi

Sentyabrda 33,6 mln kVt/soat elektr energiyasi, 9,4 mln metr kub gazdan noqonuniy foydalanilgan. Qoidabuzar isteʼmolchilarga chora koʻrilishi bildirilgan.

1 daqiqa o‘qish1 743 ko‘rishlar0 izoh0

Joriy yil sentyabrda Oʻzbekistonda 80,5 milliard soʻmlik gaz va elektr energiyasi talon-toroj qilindi. Bu haqda 4-oktyabr kuni Oʻzenergoinspeksiya xabar berdi.

Oʻtgan oyda inspeksiya oʻtkazgan nazorat tadbirlarida isteʼmolchilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 219 ta holat aniqlangan.

“Unga koʻra, 33,6 million kVt/soat elektr energiyasi (52 milliard soʻm) va 9,4 million metr kub tabiiy gaz (28,3 milliard soʻm) talon-toroj qilingan. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 80 milliard 473 million soʻm zarar qayta hisob-kitob qilindi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Shu bilan birga, isteʼmolchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarlik boʻyicha 546 ta maʼmuriy ish rasmiylashtirilgan.

Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora koʻrish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.

Avvalroq joriy yil iyun oyida 135,6 milliard soʻmlik, iyulda 96 milliard soʻmlik, avgustda 86,5 milliard soʻmlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangani xabar qilingandi.

2024-yilda energetika resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan 1,4 trln soʻmlik, sakkiz mingdan ortiq holatlar aniqlangan.

Farg‘onadanman. Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlaganman. “Daryo”da 2022-yildan beri muxbirman. Iqtisodiy-siyosiy voqealarni yoritib boraman. Yoqtirgan kinolarimdan biri — “Shoushenkdan qochish”. Oxirgi o‘qilgan kitoblardan iqtisodchi olimlar Daron Ajemo‘g‘li va Jeyms Robinson hammuallifligidagi “Mamlakatlar tanazzuli sabablari…” kitobi yoqdi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar