Daryo

Xorazmda Cobalt haydovchisi skuterni urib yubordi

Skuter boshqaruvida boʻlgan shaxs voqea joyida vafot etgan.

1 daqiqa o‘qish1 429 ko‘rishlar0 izoh0

Xorazmning Urganch tumanida Cobalt va skuter oʻrtasida YTH sodir boʻldi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 23-sentyabr kuni Urganch tumanidan oʻtgan yoʻlda qoraqalpogʻistonlik 2005-yilda tugʻilgan haydovchi boshqaruvidagi Cobalt mashinasida yoʻlni kesib oʻtayotgan skuter haydovchisini urib yuborgan.

Skuter boshqaruvida boʻlgan shaxs olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida hayotdan koʻz yumgan.

Holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkentda Spark va skuter oʻrtasida YTH sodir boʻlgandi. Natijada skuter haydovchisi va yoʻlovchisiga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Boshqa bir holatda esa Lacetti, skuter va Isuzu yuk-transport vositalari toʻqnashishi oqibatida 2006-yilda tugʻilgan skuter yoʻlovchisi vafot etgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar