Daryo

Afg‘onistonlik o‘smir samolyot shassi qismida Dehliga uchib bordi

O‘smir yengil kiyimda, bagajsiz yo‘lga chiqqan. Kobul-Dehli reysi 94 daqiqa davom etgan. Bola aslida Eronga ketmoqchi boʻlgan.

1 daqiqa o‘qish1 230 ko‘rishlar0 izoh28

Afg‘onistonning Qunduz shahridan bo‘lgan o‘smir Hindiston poytaxtiga samolyotning shassi bo‘limiga yashirinib uchib bordi. Bu haqda The Indian Express xabar berdi.

13 yoshli bola 21-sentabr kuni ertalab Kam Air aviakompaniyasining Kobul – Nyu Dehli yo‘nalishida uchgan reysida sayohatga chiqqan. Parvoz 94 daqiqa davom etgan. Indira Gandi nomidagi xalqaro aeroportga yetib borgach, u uchish-qo‘nish yo‘lagida tentirab yurganida payqalgan va xavfsizlik xizmatiga topshirilgan. So‘roq chog‘ida u shunchaki “qiziquvchanlik” uchun shunday qilganini aytgan.

Oʻsmir aslida Kobuldan Tehronga uchishni mo‘ljallagan, ammo adashib Dehliga ketayotgan samolyotga chiqib qolgan. U parvozga yengil kiyimda, hech qanday bagajsiz chiqqan. Mutaxassislarning aytishicha, bunday parvozdan so‘ng omon qolishi moʻjiza hisoblanadi.

Samolyotlar 9 mingdan 12 ming metr balandlikda parvoz qiladi, bu yerda havo harorati –50 °C gacha tushadi. Samolyot saloni germetik bo‘lsa-da, shassi bo‘limida na isitish bor, na yetarli kislorod, bu esa inson uchun o‘ta xavfli.

Bundan tashqari, kislorod yetishmovchiligi (gipoksiya), sovuqdan muzlash (gipotermiya), shassi mexanizmining ishlashi tufayli jiddiy jarohat yoki o‘lim xavfi hamda uchish vaqtida tushib ketish ehtimoli juda yuqori.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar