Daryo

O‘zbekistonda 53 mingdan ortiq tadbirkor 171 mlrd so‘mlik jarimadan ozod bo‘ldi

Hozirda yana 6 mingdan ziyod korxonada soliq hisobotini ixtiyoriy ravishda topshirib, huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgani hamda uni 30 kun ichida bartaraf etishi orqali jarimadan ozod bo‘lish imkoni mavjud

1 daqiqa o‘qish922 ko‘rishlar0 izoh1

O‘zbekistonda 53 478 ta subyekt 171,6 mlrd so‘mlik jarimalardan ozod etildi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, turli sabablarga ko‘ra ayrim soliq to‘lovchilar ushbu majburiyatni o‘z vaqtida bajara olmaydi. Hisobotni belgilangan muddatda topshirmaslik huquqbuzarlik hisoblanib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda belgilangan tartibda jarima qo‘llanishiga sabab boʻladi.

Ayrim turdagi huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan tadbirkorlik subyektining mansabdor shaxslari yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilishlarni huquqbuzarlik aniqlangan paytdan e’tiboran 30 kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etsa, ular jarimadan xalos bo‘ladi. Ya’ni bunday holatda ularga jarima emas, balki ogohlantirish beriladi.

2025-yilning 22-sentyabr holatiga soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmagan:

🔹53 478 ta subyektga huquqbuzarlik birinchi marta sodir etilgani va kamchiliklar 30 kun ichida to‘liq bartaraf etilgani bois jarimalar qo‘llanilmadi, ularga faqat ogohlantirish berildi;

🔹natijada ularga nisbatan qo‘llanilishi lozim bo‘lgan 171,6 mlrd so‘mlik ma’muriy jarimalar soliq to‘lovchilar ixtiyorida qoldi.

Hozirda yana 6 738 ta korxonada soliq hisobotini ixtiyoriy ravishda topshirib, huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgani hamda uni 30 kun ichida bartaraf etishi orqali jarimadan ozod bo‘lish imkoniyati mavjud.

Ma’lumot uchun, o‘z vaqtida taqdim etilmagan har bir soliq hisoboti uchun BHMning 10 baravari = 4 120 000 so‘m jarima qo‘llaniladi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar