Daryo

O‘zbekistonda ijara shartnomalariga qancha soliq hisoblangani aniqlandi

Jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan 466,2 mingta ijara shartnomasi asosida 788,7 mlrd so‘m daromad solig‘i hisoblanib, 2024-yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 10,1 foiz va hisoblangan daromad solig‘i summasi 56 foizga oshgan.

1 daqiqa o‘qish5 649 ko‘rishlar0 izoh1

Soliq organlarida 666 mingdan ortiq ijara shartnomalari hisobga qo‘yildi. Ushbu shartnomalar bo‘yicha 1 trln so‘mdan ziyod soliqlar hisoblangan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.

Jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan 466,2 mingta ijara shartnomasi asosida 788,7 mlrd so‘m daromad solig‘i hisoblanib, 2024-yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 10,1 foiz va hisoblangan daromad solig‘i summasi 56 foizga oshgan.

Yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan 200,1 mingta ijara shartnomasi asosida 253,4 mlrd so‘m soliq hisoblanib, 2024-yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 22 foiz va hisoblangan soliq summasi 29,6 foizga oshgan.

Soliq to‘lovchilarning uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. Yanvar-noyabr oylarida ularga daromad solig‘idan 57,5 mlrd so‘m imtiyoz qo‘llanildi. Talabalar bilan 123,6 mingdan ortiq turar joy ijara shartnomasi tuzilgan. Ijarada turuvchi talabalar soni 143 703 nafarni tashkil etdi.

Bundan avval tadbirkorlar ijara shartnomalarini hisobga qoʻyish xizmatidan foydalana olmayotgani toʻgʻrisidagi xabarlarga izoh berilgandi. 2025-yil 18-dekabr kuni soat 18:35 da tizimda texnik nosozlik yuzaga kelgan. Biroq ikkilamchi ijaraga berish shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish jarayoni odatiy tartibda ishlab turgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar