Daryo

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan AQSHga joʻnab ketdi

Davlat rahbari BMT Bosh Assambleya yalpi sessiyasi umumiy munozaralarining birinchi kunida nutq soʻzlaydi.

1 daqiqa o‘qish1 326 ko‘rishlar0 izoh2

Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun 20-sentyabr kuni amaliy tashrif bilan Nyu York shahriga joʻnab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari Bosh Assambleya yalpi sessiyasi umumiy munozaralarining birinchi kunida nutq soʻzlaydi, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish, qator xorijiy davlatlar va hukumat rahbarlari bilan muzokaralar oʻtkazadi.

Sammit doirasida nufuzli xalqaro moliya institutlari rahbarlari bilan uchrashuvlar, AQSHning yetakchi kompaniyalari va investitsiya tuzilmalari ishtirokida tadbirlar oʻtkazilishi ham rejalashtirilgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar