Daryo

Termizda sudya yordamchisi pora olayotganda ushlandi

U xizmat mavqeidan foydalanib, huquqbuzarlik ishi bo‘yicha fuqaroga yengillik yaratish evaziga dastlab 500 ming so‘m olgan va qo‘shimcha ravishda 800 AQSH dollari talab qilgan.

1 daqiqa o‘qish1 423 ko‘rishlar0 izoh2

Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudi sudya yordamchisi pora olishda gumonlanib qo‘lga olingani xabar qilindi.

U xizmat mavqeidan foydalanib, ko‘rilayotgan ma’muriy huquqbuzarlik ishi bo‘yicha huquqbuzarga yengillik yaratish evaziga dastlab 500 ming so‘m olgan va qo‘shimcha ravishda 800 AQSH dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u o‘z qarindoshi vositachiligida 800 AQSH dollarini olayotganida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi hamda qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda 2024-yilda respublika bo‘yicha sudlar tomonidan jami 4 649 ta jinoyat ishi bo‘yicha 7 354 nafar shaxs korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan. Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida milliy ma’ruzada keltirilishicha, bu 2023-yilda shunday jinoyat uchun sudlanganlar sonidan 819 nafarga ko‘p.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar