Daryo

O‘zbekistonda dollar kursi ikki yil avvalgi darajasiga tushdi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 2025-yil 18-sentyabrda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.

1 daqiqa o‘qish2 416 ko‘rishlar0 izoh55

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 18-sentyabrda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.

Unga ko‘ra:

  • dollar 30,89 so‘mga tushib, 12 254,27 so‘m bo‘ldi;
  • yevro 1,49 so‘mga ko‘tarilib, 14 516,41 so‘m bo‘ldi;
  • rubl 0,73 so‘mga pastlab, 147,89 so‘mni tashkil etdi.

Dollar kursining bunday past ko‘rsatkichi oxirgi marta 2023-yil noyabrida qayd etilgan edi. O‘sha yilning 6-noyabrida dollar kursi 12 254 so‘mni tashkil etgan.

Markaziy bank raisi Timur Ishmetovning ma’lum qilishicha, Oʻzbekistonda almashuv kursi ichki valyuta bozoridagi talab va taklif asosida shakllanadi. Markaziy bank almashuv kursi boʻyicha bir maqsadli koʻrsatkich belgilamaydi va almashuv kursi shakllanishiga aralashmaydi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar