Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 17-sentyabrda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra:
- dollar 59,45 so‘mga tushib, 12 285,16 so‘m bo‘ldi;
- yevro 13,71 so‘mga ko‘tarilib, 14 514,92 so‘m bo‘ldi;
- rubl 1,08 so‘mga pastlab, 148,62 so‘mni tashkil etdi.
Dollar kursining bunday past ko‘rsatkichi oxirgi marta 2023-yil dekabrida qayd etilgan edi. O‘sha yilning 6-dekabrida dollar kursi 12 289,4o so‘mni tashkil etgan.
16-sentyabrda dollar kursi 82 so‘mdan ko‘proq pastlab, 12 344,61 so‘m bo‘lgandi. Ushbu valyuta kursining yil boshidan buyon eng past qiymati bundan avval 25-avgustda qayd etilib, 12 305,80 so‘mni tashkil etgandi. Soʻm joriy yil boshidan beri 3-4 foiz atrofida mustahkamlangan.








