Daryo

“Barselona” Levandovski ketsa, Holandni sotib oladi

Biroq “Barselona”ning moliyaviy holati mazkur transferni amalga oshishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Sababi 2025-yil o‘rtalariga kelib, “ko‘k-anorranglilar”ning umumiy yalpi qarzi 1,7 milliard yevroga baholangan

1 daqiqa o‘qish1 335 ko‘rishlar0 izoh1

Kataloniyaning “Barselona” klubi “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holandni o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. BBC nashri xabariga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar” norvegiyalik futbolchini Robert Levandovksiga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Levandovskining kelajagi mavhumligicha qolmoqda. Chunki polshalik hujumchining shartnomasi 2026-yilning yozida yakuniga yetadi. Hozircha tomonlar uni uzaytirish bo‘yicha bir qarorga kelgani yo‘q. Shu bois kataloniyaliklar rahbariyati unga o‘rinbosar topish haqida o‘ylamoqda.

Ayni paytda klub bor e’tiborini “Manchester Siti” futbolchisi Erling Holandga qaratgan. Sababi “Barselona” prezidenti Joan Laporta klub boshqaruviga kelganidan beri norvegiyalik hujumchini jamoaga olib kelishga harakat qilmoqda. Biroq “Barselona”ning moliyaviy holati mazkur transferni amalga oshishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Sababi 2025-yil o‘rtalariga kelib, “ko‘k-anorranglilar”ning umumiy yalpi qarzi 1,7 milliard yevroga baholangan. Erling Holandning transfer qiymati 180 million yevroga teng. Uning “shaharliklar” bilan shartnomasi 2034-yilga qadar amal qilishini hisobga olsak, ingliz klubi Erlingning sotuvidan maksimal foyda ko‘rishga harakat qiladi. 

“Barselona” zaxira varianti sifatida “Atletiko” hujumchisi Xulian Alvares nomzodini ham ko‘rib chiqmoqda. Oldinroq futbolchi OAVga bergan intervyusida kataloniyaliklar safiga o‘tishga tayyor ekanligini aytgan edi. 

Ma’lumot uchun, Erling Holand joriy mavsum Angliya Premyer Ligasi doirasida 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol muallifiga aylangan. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar