Daryo

Farg‘onalik 130 yoshli onaxon O‘zbekistondagi eng keksa fuqaro deb topildi

Buvaydalik ayol 1895-yilda tug‘ilgani isbotlandi va mamlakatdagi eng yoshi ulug‘ inson deb topildi.

1 daqiqa o‘qish4 636 ko‘rishlar0 izoh32
Maqolani tinglang
0:00
1:05

Buvaydalik Huvaydo momoning yoshi 130 ekanini isbotlovchi fakt topildi. Endi u rasman Oʻzbekistondagi eng yoshi ulugʻ inson hisoblanadi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Vazirlik tashabbusi bilan oʻtkazilgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi davomida Buvayda tumani adliya boʻlimi xodimlari tomonidan tumanning “Qoraqum” MFYda amalga oshirilgan xatlovlarda 1895-yilda tugʻilgan Umarova (Toshmatova) Huvaydo momoning tugʻilishi qayd etilmagani aniqlandi.

Buvayda tumani adliya boʻlimi tomonidan kiritilgan daʼvo ariza qanoatlantirilib, Fuqarolik ishlari boʻyicha Qoʻqon tumanlararo sudining Buvayda tumani “Qoraqum” MFYda oʻtkazgan sayyor sud majlisida Huvaydo momoning 1895-yil 1-yanvarda Buvayda tumanida tugʻilganlik fakti belgilandi.

Foto: Adliya vazirligi

Qayd etilishicha, Huvaydo momo Ginnes rekordlar kitobiga dunyodagi eng yoshi ulugʻ inson sifatida ham kiritilishi mumkin.

Maʼlumki, dunyo tarixida rasmiy ravishda eng yoshi ulugʻ inson sifatida Fransiyada yashagan Jeanne Louise Calment tan olingan boʻlib, u 122-yil 164 kun umr koʻrgan. Bu holat Guinness rekordlar kitobida qayd etilgan.

Shu nuqtayi nazardan, Oʻzbekistonda aniqlangan 130 yoshli momoning tugʻilganlik faktini xalqaro ekspertlar tomonidan ham tasdiqlash katta ahamiyat kasb etadi. Bu nafaqat mamlakat, balki jahon miqyosida ham ulkan hodisa boʻlishi mumkin.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar