Daryo

Dollar kursi ikki kunlik ko‘tarilishdan so‘ng tushdi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 15-sentyabrda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.

1 daqiqa o‘qish2 307 ko‘rishlar0 izoh23
Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 15-sentyabrda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.

Unga ko‘ra:

• dollar 20,52 so‘mga pastlab, 12 426,83 so‘m bo‘ldi;

• yevro 20,76 so‘mga oshib, 14 566,73 so‘m bo‘ldi;

• rubl 0,88 so‘mga ko‘tarilib, 146,96 so‘mni tashkil etdi.

Bundan avval dollar kursi ketma-ket ikki kun ko‘tarilib, 12 447,35 so‘m bo‘lgandi. Ushbu valyuta kursining yil boshidan buyon eng past qiymati 25-avgustda qayd etilib, 12 305,80 so‘mni tashkil etgandi.

Soʻm joriy yil boshidan beri 3-4 foiz atrofida mustahkamlangan. Markaziy bank raisi Timur Ishmetovning ma’lum qilishicha, Oʻzbekistonda almashuv kursi ichki valyuta bozoridagi talab va taklif asosida shakllanadi. Markaziy bank almashuv kursi boʻyicha bir maqsadli koʻrsatkich belgilamaydi va almashuv kursi shakllanishiga aralashmaydi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar