Daryo

O‘zbekiston JCH-2026 favoritlari ro‘yxatida 25-o‘rinni egalladi

Goal nashri 2026-yilda AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida jamolarning g‘alaba qozonish imkoniyatini baholadi.

1 daqiqa o‘qish2 707 ko‘rishlar0 izoh33

Buyuk Britaniyaning Goal nashri 2026-yilning yozida AQSH, Meksika va Kanada maydonlarida o‘tadigan Jahon chempionati favoritlari e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston millliy terma jamoasi ro‘yxatning 25-pog‘onasidan joy olgan. 

Hozirga qadar mundialga 18 terma jamoa yo‘llanma olgan bo‘lsa, yana 30 ta jamoa nomi saralash bosqichlari yakunlangach aniqlanadi. Shunga qaramay, nashr katta ehtimol bilan mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritadigan kuchli jamoalarni ham ro‘yxatga kiritdi.

Goal talqinicha, 2026-yilgi mundialning asosiy favoriti Ispaniya terma jamoasi hisoblanadi. Ispaniya 2024-yilgi Yevropa chempionatida ajoyib o‘yin ko‘rsatib, bosh sovringa ega chiqqan. Shu bois ular Jahon chempionatida ham yaxshi o‘yin ko‘rsatishi taxmin qilinmoqda. Ikkinchi o‘rinda amaldagi jahon chempioni, Lionel Messi boshchiligidagi Argentina qayd etilgan. Kuchli uchlikni Angliya yakunlab bergan.

Goal nashriga ko‘ra, JCH-2026 musobaqasining asosiy favoritlari:

1. Ispaniya

2. Argentina

3. Angliya

4. Portugaliya

5. Fransiya

6. Germaniya

7. Niderlandiya

8. Braziliya

9. Marokash

10. Ekvador

Nashrda yozilishicha, O‘zbekistonning CAFA Nations Cup musobaqasi finalida erishgan g‘alabasi terma jamoaga kuchli ruhiy turtki berishi mumkin. Shu sababli, jamoaning JCH–2026 musobaqasida ham munosib ishtirok etishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Abbosbek Fayzullayev, Eldor Shomurodov va Abduqodir Husanov kabi futbolchilarning borligi O‘zbekistonning pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatlarini oshirayotgani alohida ta’kidlangan.

Shuningdek, Janubiy Koreya (11-o‘rin), Yaponiya (12), Avstraliya (21) va Eron (22) kabi terma jamoalar O‘zbekistondan yuqori o‘rinlarni egallagan. Osiyo qit’asining yana bir vakili Iordaniya esa 27-pog‘onada qayd etilgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar