Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) prezidenti Klaudio Tapiya Argentina muxlislariga murojaat qildi.
Milliy terma jamoa 2026-yilgi Jahon chempionati finalida Ispaniyaga 1:0 hisobida yutqazdi.
“Biz Ispaniyani magʻlub eta olmadik. Ular kuchliroq edi, adolatli gʻalaba qozonishdi va biz buni qabul qilishimiz kerak. Sportda biz gʻalabalarni nishonlaganimiz kabi magʻlubiyatni ham qadr-qimmat bilan qabul qilishni oʻrganamiz.
Ha, biz finalda yutqazdik. Lekin bu jamoa mamlakatga ulkan quvonch keltirgani ham haqiqat. Argentina yarim finalda irodali gʻalabaga erishdi, bu jamoa xalqimiz uchun qanchalik qadrli ekanini koʻrsatdi.
Magʻlubiyat alamli.Chunki biz kuchlimiz, tarixdagi eng muvaffaqiyatli jamoamiz va ikkinchi oʻrin biz uchun hech qachon yetarli emas. Chunki biz oxirigacha kurashishga oʻrganib qolganmiz va oldinga intilishda davom etamiz”, deb yozdi Tapiya ijtimoiy tarmoqlarda.








